Asosiy kontentga o'tish

Laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish

Laboratoriya tadqiqotlarini o'tkazish

Laboratoriya xizmatlari va uni O'zbekistonning geologiya tarmog'ini rivojlanishidagi o'rni

O'zbekistonning geologiya tarmog'ini laboratoriya xizmatlari foydali qazilma konlari va tabiiy suvlarni izlash va qidirib-chamalash ishlarida geologik-qidiruv ishlarini yuqori darjadagi taxiliy ma'lumotlar bilan ta'minlash uchun yaratilgan va faoliyat ko'rsatmoqda.

Laboratoriya xizmati faoliyatining maqsadi, Davgeolqo'm nomidan mamlakatning geologik xizmatini o'z vaqtida haqqoniy va sifatli taxliliy tadqiqotlar bilan ta'minlashdan iborat.

Laboratoriyalar foydali qazilmalar va tog'jinslarini o'rganish uchun lozim bo'lgan turlicha majmuaviy o'lchashlar, sinovlar va tadqiqotlarni bajaradi. Tahliliy ishlar foydali qazilmalarni bashoratlash va izlashning samaradorligi va ishonchliligini muhim darajada oshiradi, ularning sifatini ancha chuqur va majmuaviy o'rganishga imkon beradi, mamlakat xukumatining geologik topshirqlariga muvofiq GQIni o'tkazishda zaxiralarini baholash va hisoblash muddatlarini qisqartiradi

II. Laboratoriya xizmatining strukturasi

Tarmoqning laboratoriya xizmatlari uchta asosiy darajadadan tashkil topgan:

Markazlashtirilgan - "Markaziy laboratoriya" DK (bundan keyin - ML);

Ishlab chiqarish joylarida - geologik korxonalarning va ekspedisiyalarning laboratoriyalari;

Ixtisoslashtirilgan – tarmoqning ilmiy-tadqiqot institutlari tarkibida amal qiluvchi ilmiy laboratoriyalar.

Bugungi kunda tarmoqda 17 ta laboratoriya mavjud.

Markaziy laboratoriyadan tashqari barcha laboratoriyalar o'z korxonalarining strukturasiga kiradi.

ML namuna tayyorlash usullariga va tahliliy ishlarning bajarish usullariga rioya qilinishni nazoratlash, shuningdek o'tkazilgan ishlar sifatini nazorat etish doirasida Davgeolqo'mning bosh tashkiloti bo'lib hisoblanadi.

1. "Markaziy laboratoriya" DUK (Toshkent) – barcha turdagi tahlillarni – spektral (sepma va to'liq), oltinmetrik, kimyoviy, probir, mineralogik, mass - spektrometrik, oltinga SES tahlilni bajaradi.

2. "Regionalgeologiya" AJ laboratoriyasi (Samarqand) – spektral sepma, oltinmetrik tahlillar, kimyoviy, probir-spektral, probir, mineralogik tahlil.

3. "MRI" DM laboratoriyasi (Toshkent) - spektral – sepma, oltinmetrik, kimyoviy tahlillar.

4. "MRI" dm laboratoriyasi ingichka TTE (Samarqand viloyati) – probir va kimyoviy tahlillar.

5. "Regionalgeologiya" AJ laboratoriyasi (Toshkent) - kimyoviy tahlillar, noma'dan foydali qazilmalarning fizik – mexanik xossalarini o'rganish.

6. "O'zbekgidrogeologiya" DUK laboratoriyasi (Toshkent) – quruq qoldiq, pH, xlor - sulfat-, nitrat-, gidrokarbonat, karbonat-ionlarni, shuningdek, kaltsiy, magniy, ammoniy ionlarini aniqlash uchun suvning to'liq va qisqartirilgan tahlillari; neft maxsulotlari, fenollar, pestisidlar va og'ir metallarni aniqlash.

7. G'arbiy O'zbekiston GGEning gidrokimyoviy laboratoriyasi (Buxoro) –suvning qisqartirilgan tahlili.

8. Farg'ona GGE ning gidrokimyoviy laboratoriyasi (Qo'qon) –suvni, neft maxsullarini, suv ekstraktini qisqartirilgan tahlili.

9. Orolbo'yi GGEning gidrokimyoviy laboratoriyasi (Nukus) - suvning qisqartirilgan tahlili.

10. "Urankamyobmetgeologiya" AJ laboratoriyasi (Toshkent) - rentgen fluoressent, neytron-aktivasion, RFA, Ra, grantarkib, CO2, mineralogiya, kimyoga gamma-spektrik.

11. "GIDROINGEO" instituti DM laboratoriyasi (Toshkent) - suvning qisqartirilgan tahlili.

12. "Toshkentgeologiya" AJ laboratoriyasi (Angren) – probir va kimyoviy tahlil.

13. "Qizilqumgeologiya" AJ laboratoriyasi, Dovg'iztov GQE (Navoiy viloyati, Dovg'iz p.) – probir tahlil.

14. "Qizilqumgeologiya" AJ laboratoriyasi, Qizilqum GQE (Navoiy viloyati, Muruntov p.) – spektral tahlil, probir tahlil.

15. "Samarqandgeologiya" AJ fizik-kimyoviy usullari laboratoriyasi (Samarqand) – tog'jinslari va ma'danlarni fizik-mexanik sinash.

16. "O'zGEORANGMETLITI" DUK laboratoriyasi (Olmaliq) - RFA tahlil.

17. "Geologiya va geofiziki" institut DM laboratoriyasi (Toshkent) – tog'jinslarining mikro zondli tahlili.

 

III. Laboratoriyalarning jihozlanganliklari

Doimiy ravishda laboratoriya apparatura parkining yangilanishlari bo'lib turadi. Laboratoriyalar quyidagi zamonaviy asbob-uskunalar: probir tahlillar uchun erituvchi-kupelyasion pechlar, geologik ob'ektlarni mineralogik tahlillari uchun zamonaviy mikroskoplar, spektral tahlillar o'tkazish uchun yuqori echimli asboblari bo'lgan avtomatlashtirilgan qurilmalar, Agilent mass-spektrometrlari hamda induktiv bog'lovchi plazmasi bo'lgan optik emission spektrometrlar, RFA analizatorlari va namunalarni tayyorlash uchun maydalash-talqonlash uskunasi, tosh kesuvchi, silliqlovchi dastgohlar va sh.k yangi uskunlar bilan jihozlangan.

 

IV.Laboratoriya xizmatining maqsadlari, vazifalari rivojlanishining ustivoriklari

Tarmoqning laboratoriya xizmatini rivojlanishining ustivor yo'nalishlari asosan, geologik-qidiruv ishlarining yo'nalishlariga bog'liq va tarmoqni taraqqiysi uchun xizmat qiladi

Yaqin yillarda bu:

1. Induktiv bog'lovchi plazmasi bo'lgan, aynan mass-spektrometrik va emisson tahlil usullari bilan bog'liq usullarning taraqqiy etishlari va keng tadbiq etilishlari.

2. Atom-absorbtsion tahlil, kimyoviy-rentgenospektral tahlil kabi kimyoviy-fizik usullarning miqdoriy usullarining kengaytirishlar.

3. Ham turg'un bo'lgan va ham daladagi ko'p elementli rentgenospektral usullarining taraqqiysi.

4. Mineralik-petrografik usullarda geologik ob'ektlarning moddiy tarkiblarini o'rganish.

888

Oxirgi yangilanish: 2024-02-21 10:49:42