Toshkent shahar FVB tomonidan "Qutqaruvchi bolalar" tadbiri
2025-06-05 14:45:00 / Yangiliklar
Bugun, 5-iyun kuni Toshkent shahar FVB tomonidan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha “Dolzarb 90 kun” va "Yoshlar oyligi" tadbiri doirasida, Bektemir, Yakkasaroy va Yangihayot tumanlaridagi maktablarda tashkil etilgan oromgohlarda "Qutqaruvchi bolalar" tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda davomida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha profilaktik uchrashuv hamda turli xil o‘yinlar orqali amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.




