Hurmatli fuqarolar❗️
2024-12-30 21:30:00 / Yangiliklar

Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan quyidagi tavsiyalarga amal qilishlari tavsiya etiladi:
🔹"DIQQAT! QOR KO‘CHISHI XAVFI MAVJUD" belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni;
🔹Hech qachon tog’li hududlarga bir o’zingiz chiqmaslikni;
🔹 Tajribali yo’l boshchilovchi bilan chiqishni;
🔹Tog’ga sayrga chiqishda boradigan yo’lingiz va manzilingizni yaqinlarigizga xabar berishni doimo yodda saqlang;
🔹Agar siz notanish joyda birinchi marotaba bo’lsangiz, avvaldan ko’zlagan rejaga asosan harakatlaning. Agar bir necha kishi bo’lsangiz, doimo birgalikda harakat qiling. Tog’da har qanday hodisa bo’lishi mumkinligi, hattoki adashib qolish ham;
🔹Uyali aloqa vositalarini imkon qadar yoningizda olib yuring;
🔹Tog'da kutilmagan joylarda jarliklar bo’lishi mumkin. Qish faslida qor ko’chkisi holatlari ham uchraydi. Agar siz birinchi marotaba toqqa chiqqan bo’lsangiz, uzoq joylarga sayr qilmang;
💢 Ushbu qoidalarga amal qilish bilan siz hayotingiz xavfsizligini ta'minlagan boʻlasiz.
