Press-reliz
2024-09-11 10:15:00 / Press-relizlar
Matbuot anjumanini o‘tkazishdan asosiy maqsad – iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi yashash joylarida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar bo‘yicha ma’lumot berishdan iborat.
Amalga oshirilgan tadbirlar mazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak, mavsum davomida yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz chaqnashi bilan bog‘liq noxush holatlarni oldinsh olish va bu borada aholi o‘rtasida keng qamrovli profitlaktik tadbirlarni tashki etish maqsadida respublika bo‘yicha jami 452 ta ishchi guruhlar tashkil etilgan va ularga taalluqli idoralardan jami 3 ming 740 nafar xodimlar jalb etilgan.
Hududgazta’minot" AJ, uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda pech va dudburonlarga xizmat ko‘rsatishga ihtisoslashgan tashkilotlar mutaxassis (usta)laridan iborat 703 ta ta’mirlash-tiklash xizmat (otryad)lari ham tashkil etilgan.
Ishchi guruhlar tomonidan joylarda mavjud bo‘lgan 808 ta Xususiy uy joy mulkdorlar shirkatlaridan (XUJMSh) 717 tasida (88,7 foiz) va 9 ming 442 ta mahallalarning 6 ming 945 tasi (73,6 foiz)da o‘rganishlar o‘tkazilib, ularning hududidagi 41 ming 677 ta ko‘p kvartirali uylardan 17 ming 753 tasi (42,6 foiz) tekshirib chiqildi.
Joylardagi tunda odamlar qoladigan maskanlarga alohida e’tibor qaratilib, "Mehribonlik uylari" va "Muruvvat va sahovat uylari"da favqulodda vaziyatlar bo‘limlari xodimlarining tungi navbatchiligi yo‘lga qo‘yildi va har bir davolash statsionarlarida tungi tekshiruvlar o‘tkazilishi joriy qilindi.
Yong‘in xavfsizligi qoidalari talablarini targ‘ib qilish va fuqarolarning bilim ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, 26 ming 64 marotaba 505 ming 210 nafar fuqarolar bilan uchrashuv va yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Profilaktik tadbirlar jarayonida, tabiiy gaz va qattiq yoqilg‘ida ishlatiladigan pechlar dudburonlaridagi aniqlangan 82 ming 29 ta nosozliklardan 77 ming 971 tasi (95,1 foiz) joyida bartaraf etildi.
Bugungi kunga qadar yong‘in-qutqaruv qismlarining shaxsiy tarkibi tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda uyma-uy yurish davrida 1 mln 597 ming 695 ta xonadonlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazildi, ya’ni, 463 ming 501 ta ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarda va 128 ming 146 ta yakka tartibdagi aholi turar joylaridagi fuqarolarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berildi.
Aholi turar joylarda va ijtimoiy soha ob’ektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi kamchilik va muammolar bo‘yicha viloyat, shahar va tuman hokimliklariga 448 marotaba, yuqori tashkilotlarga 400 marotaba, 537 marotaba hududiy gaz ta’minoti, 390 marotaba elektr ta’minoti idoralariga va 162 marotaba huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga hamda boshqa taalluqli idoralarga 193 marotaba axborotnoma, ma’lumotnoma va taqdimnomalar kiritildi.
Amalga oshirilgan ishlar hamda profilaktik tadbirlar natijasida
2024-yilning 8 oyi davomida respublikada sodir bo‘lgan yong‘inlar soni,
2023-yilning shu davriga nisbatan 325 ta (4,7 foiz)ga kamaygan.
Yong‘inlar sabablari tahlil qilinganda, ularning 41,4 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, 25,9 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 10,3 foizi isitish pechlarini qurish va ishlatish qoidalarining buzilishi, 7,9 foizi bolalar sho‘xligi oqibatida yuzaga kelganligini ko‘rsatadi.
Aynan qish mavsumida o‘rtacha har 10 ta sodir bo‘lgan yong‘inning bittasi isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish yoki nosoz va nostandart isitish moslamalarining ishlatilishidan kelib chiqqan bo‘lib, ayanchli oqibatlarga olib kelgan.
Tahlillar ko‘rsatmoqdaki, baxtsiz hodisalar aksariyat holatlarda tabiiy gaz va muqobil yoqilg‘i turlarini hamda isitish pechlarini ishlatishda “gazdan foydalanish”, “texnik va yong‘in xavfsizligi” qoidalariga rioya etilmaganligi, gaz tarmog‘iga noto‘g‘ri ulanish, xonadonlarda ochiq olovdan foydalanishda extiyotsizlik hamda dudburonlarning nosozligi oqibatida kelib chiqmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sizlardan quyidagilarga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz:
- tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;
- isitish mavsumi boshlanishidan avval, isitish pechlarining dudbo‘ronlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o‘rnatilishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishing;
- nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yo‘riqnomasidan foydalaning;
- isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;
- gaz va elektr moslamalarini nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmang;
- gaz uskunalarini ulash bo‘yicha tartib-qoidalarga rioya qiling;
- yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmang;
- gaz isitish moslamalaridan xavfsizlik avtomatikalari (ya’ni gazning o‘chib, qayta kelishini nazorat qiluvchi moslama) orqali foydalaning va ularning doimiy sozligiga e’tibor bering.
Agar xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan foydalanmang, darhol xonani shamollatish chorasini ko‘ring. Bu haqda “104” raqami orqali gaz xizmatiga, yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda, yong‘in-qutqaruv xizmatining “101” telefon raqamiga xabar bering.
Ushbu qoidalarga rioya etish orqali Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni turli baxtsiz hodisalar va yong‘inlardan asrab qolgan bo‘lasiz.
E’tiboringiz uchun rahmat.
