Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan uchrashuv
2024-04-05 10:50:00 / Yangiliklar

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati)ning TexVET loyihasi rahbari Mattias Klingenberg boshchiligidagi loyiha vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev va mas’ullar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va kasbiy ta’lim berishning istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar:
- GIZ bilan hamkorlikda tashkil etilgan Careyer TexVET loyihasini yanada rivojlantirish,
- maktab o‘quvchilarini qiziqishlariga mos bo‘lgan kasb tanlashlariga ko‘maklashish,
- ularga zamonaviy kasblar haqida tushunchalar berish tizimini yanada rivojlantirishga kelishib olishdi.
