Bolalar kontentini rivojlantirish Markazi tashkil etiladi
2025-05-15 18:15:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar uchun moʻljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:
➖ Bolalar uchun moʻljallangan milliy kontentlar yaratishni muvofiqlashtiruvchi kengash;
➖Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil etiladi hamda Kengashning ishchi organi etib belgilanadi.
➖ Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, Markaz vakillari va malakali mutaxassislardan iborat Ekspertlar guruhi tuziladi;
2025-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvarga qadar:
➖ bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etgan yuridik shaxslar, shuningdek, Markaz:
foyda soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi;
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida toʻlaydi;
yuridik shaxslarga bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarini foyda soligʻini hisoblashda chegirib tashlash huquqi beriladi;
2028-yil 1-iyunga qadar:
➖Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha Markaz tomonidan oʻz faoliyatida foydalanish maqsadida olib kiriladigan qurilma, dasturiy va texnik vositalar, butlovchi qismlar bojxona bojidan ozod etiladi;
2025-yil 1-sentabrga qadar:
➖ Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Barkamol avlod” bolalar maktabida, 2026-yildan boshlab viloyatlar va Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktablarida bosqichma-bosqich iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish va ularni rivojlantirish boʻyicha kreativ industriya yoʻnalishida toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
Shuningdek, qaror bilan:
➖ Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "Bolajon" telekanali Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimiga oʻtkaziladi hamda “Oʻzbekfilm” pavilyonlari va studiyalaridan ijara toʻlovisiz foydalanadi.
