Saytdan foydalanish yo'riqnomasi

Xorazm viloyati hokimligi
rasmiy veb-saytidan foydalanish bo‘yicha
Y O‘ R I Q N O M A
I. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Yo‘riqnoma Xorazm viloyati hokimligining rasmiy veb-saytidan foydalanish tartibini belgilaydi.
1.2. Veb-sayt fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari va boshqa manfaatdor shaxslar uchun ochiq axborot manbai hisoblanadi.
1.3. Veb-saytning asosiy maqsadi — hokimlik faoliyati to‘g‘risida ochiq va shaffof axborot taqdim etish, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish hamda murojaatlar bilan ishlashni tashkil etishdan iborat.
1.4. Veb-saytdan foydalanish bepul asosda amalga oshiriladi.
II. Veb-sayt tuzilmasi
2.1. Veb-sayt quyidagi asosiy bo‘limlardan iborat:
«Hokimiyat haqida» «Raqamli hukumat»
«Faoliyat» «Axborot xizmati»
«Davlat xizmatlari» «Bog‘lanish»
«Hujjatlar»
III. Asosiy bo‘limlar mazmuni
3.1. «Hokimiyat haqida» bo‘limi
Ushbu bo‘limda hokimlikning tashkiliy tuzilmasi, rahbariyat, markaziy apparat, shahar va tumanlar hokimliklari, jamoatchilik kengashi hamda aloqa ma’lumotlari joylashtiriladi.
3.2. «Faoliyat» bo‘limi
Bo‘limda davlat dasturlari, korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari, murojaatlar bilan ishlash tartibi, sayyor qabullar, bo‘sh ish o‘rinlari, statistik hisobotlar, yoshlar siyosati va gender tenglikka oid ma’lumotlar beriladi.
3.3. «Davlat xizmatlari» bo‘limi
Foydalanuvchilar yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari reestriga kiritilgan xizmatlarga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
3.4. «Hujjatlar» bo‘limi
Bo‘limda yig‘ilish bayonlari, normativ-huquqiy hujjatlar, qaror va farmoyishlar, hujjatlar loyihalari, so‘rovnoma natijalari, hokimlik nizomi va reglamenti joylashtiriladi.
3.5. «Raqamli hukumat» bo‘limi
Qayta aloqa, ochiq budjet ma’lumotlari, ochiq ma’lumotlar bazasi va elektron hukumat tizimiga o‘tish imkoniyatlari taqdim etiladi.
3.6. «Axborot xizmati» bo‘limi
Yangiliklar, e’lon va tenderlar, press-relizlar, rahbariyat bayonotlari, media tadbirlar va hisobotlar joylashtiriladi.
3.7. «Bog‘lanish» bo‘limi
Foydalanuvchilar so‘rovnomalarda ishtirok etish va kontakt ma’lumotlari orqali hokimlik bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
IV. Foydalanish tartibi
4.1. Veb-sayt axborotidan erkin foydalanish mumkin.
4.2. Elektron murojaat yuborishda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq kiritilishi shart.
4.3. Elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda elektron raqamli imzo talab qilinishi mumkin.
4.4. Materiallardan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
V. Axborot xavfsizligi
5.1. Shaxsiy ma’lumotlar faqat rasmiy elektron shakllar orqali kiritiladi.
5.2. Axborotdan noqonuniy foydalanish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
