"Eko-Klaster" MCHJga tashuvchi maxsus texnikalar topshirildi
2025-04-08 16:25:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati shahar va tumanlarida chiqindilarni olib chiqib ketish qamrovini oshirish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida "Eko-Klaster" MCHJ ga lizing asosida 5 ta chiqindi tashuvchi maxsus texnikalar topshirildi.
Endilikda Shovot, Xiva tumanlari va Xiva shahrida ushbu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi. Ma’lumot uchun, ushbu texnikalar Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida olib kelindi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
