Bugun Qo‘shko‘pir tumanida viloyat hokimi Jo‘rabek Raximovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.
2026-07-25 14:25:00 / Yangiliklar

Qabulda viloyatimizning turli hududlaridan kelgan 66 nafar fuqaroning sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish kabi qator ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi.
Murojaatlarning bir qismi joyida hal qilindi. Yechimi ma’lum vaqt va o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati




