Bugun viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli hamda 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-sonli qarorlari ijrosi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2026-07-25 14:15:00 / Yangiliklar

Unda huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari, shuningdek, videoaloqa tizimi orqali viloyatdagi profilaktika inspektorlari va mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov so‘zga chiqib, joriy yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida olib borilgan ishlarni chuqur tahlil etdi, galdagi vazifalarni belgilab berdi.
Yig‘ilish yakunida o‘z xizmat vazifalariga vijdonan va sidqidildan yondashib, jinoyatchilikni oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlashda o‘zlarining samarali mehnatlari bilan hamkasblariga o‘rnak va shaxsiy namuna bo‘lib kelayotgan 50 nafar profilaktika inspektori va mahalla yettiligi viloyat hokimining faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati






