Bugun viloyat Xalq qabulxonasida viloyat hokimi Jo‘rabek Raximovning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
2026-06-19 18:05:00 / Yangiliklar

Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, kommunal soha va boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislari ishtirokida puxta o‘rganilib, huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatildi. Ayrim muddat talab etiladigan masalalar bo‘yicha zarur choralar belgilanib, ularning yechimi qat’iy nazoratga olindi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va qonuniy yechim topish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


