Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida bir qator xorijiy investorlar va yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
2026-06-17 19:15:00 / Hamkorlik aloqalari mahalliy va xalqaro bitimlar, shartnomalar

umladan, “Allied Biofuels Holding ” kompaniyasi rahbari Alfred Benedikt, “Daltex Corporation” kompaniyasi rahbari Muhammad Salih, “Metito Utilities” kompaniyasi bosh direktori Rami Gandur, “Valmont Industries” kompaniyasi vakili Sergey Stefanov hamda “VA Tech WABAG Limited” kompaniyasi vitse-prezidenti Rajesh Singh bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Uchrashuvlarda Tuproqqal’a tumanida amalga oshirilayotgan aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish, viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq loyihalarga e’tibor qaratildi.
Forum doirasida o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar Xorazm viloyatida zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, aholi turmush sifatini yanada yaxshilash va yangi investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


