Payshanba yoshlar kuni
2026-03-26 12:30:00 / Yangiliklar

Bugun viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov Bog'ot tumanida bo‘lib, otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi.
Muloqot davomida viloyat hokimi yoshlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berdi, yoshlarning ta’lim olish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi qator masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi, ularning bu yuzadan taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
