Urganch shahridagi IT-Park binosida viloyat hokimi Jo‘rabek Raximovning tadbirkorlar uchun navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
2026-02-20 17:50:00 / Davlat dasturi ijrosi

Unda viloyatimizning turli hududlaridan kelgan tadbirkorlarning takliflari, faoliyatlarini yanada rivojlantirishga to‘siq bo‘lib turgan muammoli masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Qabul davomida yangi biznes loyihalarni moliyalashtirish, kredit to‘lovlari bilan bog‘liq bir qator masalalar muhokama qilindi. Mavjud muammolar tegishli soha mas’ullari ishtirokida o‘rganilib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, amaliy yordam berish chora-tadbirlari belgilandi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
