Xorazmlik pedagoglar Malayziyada malaka oshirmoqda
2025-11-12 10:30:00 / Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida Malayziyaning “UNIMAS Kuala Lumpur” universitetida o‘tkazilayotgan “Innovatsion o‘qitish metodlari” dasturida Xorazm viloyatidan 13 nafar o‘qituvchi ishtirok etmoqda.
Dastur o‘qituvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish va ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tadbiq etishga qaratilgan.
Ushbu xalqaro hamkorlik dasturi xorazmlik o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



