Uzun tumanida o’tkazilgan "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalarining mintaqaviy bosqichi o’z yakuniga etdi
2025-05-18 14:40:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, bugundan Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan respublikamiz boʻylab tashkil etilayotgan "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalarining mintaqaviy bochqichlari barcha hududlarda bo’lib o’tmoqda.
Shu jumladan,Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi sport majmuasida ham mazkur nufuzli musobaqalarning mintaqaviy bosqichlari qiziqarli bahslarga boy tarzda o’tdi. Ko’plab yoshlar ishtirok etgan bellashuvda sportning Taekwondo WT turi boʼyicha eng kuchlilar g’alaba qozonishdi. Belllashuv yakunida g’oliblarga medal va diplomlar topshirildi. Va ular musobaqaning navbatdagi bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.








