TADBIRKORLARGA KO‘MAKLASHISHNI TASHKIL ETILDI
2025-05-21 11:15:00 / Yangiliklar

Prezidentning 27.12.2024 yildagi"Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-229-sonli Farmoni qabul qilingan.
Farmon bilan 2028 yil 1 yanvargacha qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i stavkalari oshirilmasligi belgilandi.
2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvargacha tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-galantereya sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun foyda solig‘i va ularning xodimlaridan olinadigan jismoniy shaxslar daromad solig‘i stavkalari 1% miqdorida belgilandi. Bunda, mazkur stavka quyidagi shartlarni bir vaqtning o‘zida bajarganda qo‘llaniladi:
- xodimlarning umumiy sonining kamida 15%ini Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a’zolari tashkil etishi kerak;
- har oyda har bir xodimning ish haqi kamida MHEKMning 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanishi kerak;
- soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-galantereya mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan jami daromadning kamida 90%ini tashkil etishi kerak.
2025 yil 1 apreldan farmasevtika mahsulotlarini realizatsiya qilish yoki tibbiy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar daromadlaridan qat’i nazar QQS to‘lovchilari deb e’tirof etildi.
Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi qoshida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga ko‘maklashish markazi tashkil qilindi. U har yili kamida 100 ta tadbirkorlik sub’yektiga davlat kafolatisiz xalqaro moliya institutlari, xorijiy moliya tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.
Konsalting bu bozor tarkibi, bozor narxlari va ularning o‘zgarishi tendentsiyalarini o‘rganish bo‘yicha tadbirlar olib borish.
Aloxida ta’kidlash joizki, “Davlat-jamiyat-inson” tamoyilining “Inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga o‘zgartirilishi va shaxs omilining birinchi o‘ringa chiqarilishi barcha sohalar va dolzarb masalalarda nafaqat davlat va jamiyat ma’sulligini, ayni paytda insonning ham ma’suliyatdan xoli bo‘lmasligini anglatadi. Ya’ni, davlat organlari, vazirlik va idoralar faoliyatidan qat’i nazar, ushbu yshnalishdagi ma’naviy muhit va ijtimoiy makon qiyofasini tadbirkor hamda mulkdorlaring shaxsiy xislat va fazilatlari, hayotiy pozisiyasi, ishga va kasbiga munosabati, vijdoni va ma’suliyat hissi ham ko‘p jixatdan belgilaydi.
Sariosiyo tumanlararo iqtisodiy sudi
devonxona mudiri
A.I.Toshxo‘jayev
