Seminar o‘tkazildi
2026-01-26 10:45:00 / Yangiliklar

Uzun tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonlariga kiritilayotgan muhim o‘zgarishlar yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda 2026-yildan boshlab joriy etiladigan yangi tartiblar tushuntirildi. Xususan, loyihalar uchun minimal ovozlar soni 50 ta etib belgilandi, jihozlash loyihalarining eng yuqori qiymati BHMning 2 ming barobari etib belgilab qo‘yildi.
Sheriklik asosida moliyalashtirishda aholi loyiha qiymatining 50 foizini ta’minlasa, loyiha avtomatik ravishda g‘olib deb topiladi va ovoz to‘plash talabi qo‘llanilmaydi. Mablag‘ yetarli bo‘lmagan holatlarda esa to‘plangan mablag‘lar to‘liq qaytariladi.
Shuningdek, deputatlar tashabbusi asosida har bir deputat o‘z saylov okrugidan bitta loyihani moliyalashtirishi belgilangan bo‘lib, bu maqsadga har yili 3,3 mlrd so‘m ajratiladi.



