Ta’lim sifati va yoshlar kelajagi – ustuvor vazifa
2025-12-27 16:05:00 / Majlislar

Uzun tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Xabibulla Bozorov boshchiligida ta’lim sohasiga oid muhim masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda umumta’lim maktablari direktorlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda yoshlarning ta’lim olishiga yanada keng e’tibor qaratish, o‘quv markazlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Soha mutasaddilariga aniq vazifalar belgilab berilib, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur yig‘ilish ta’lim tizimini rivojlantirish va yoshlar kelajagini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi









