Uzcosmos va New Uzbekistan university o’rtasida memorandum imzolandi!
2025-07-25 09:35:00 / Yangiliklar

Yoshlar o‘rtasida muhandislik va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni orttirish, ularni STEAM va kosmik ta’lim konsepsiyalari asosida o‘qitishni yanada rivojlantirish hamda sohaga oid ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida Uzcosmos agentligi ko‘plab OTM’lar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo’ymoqda.
Xususan, bugungi kunda o‘z nufuzi bilan yuqori reytinglarda qayd etilayotgan
Yangi O‘zbekiston universiteti bilan imzolangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi so‘zimizga isbotdir.
Kelishuv natijasida talabalarni zamonaviy yo‘nalishlarda o‘qitish, ularning bu boradagi g’oya hamda tashabbuslarni qo‘llab – quvvatlab amaliy ko‘nikmalarini oshirish, turli grant dasturlariga jalb etish orqali yangi avlod mutaxassislarni tayyorlash kabi qator maqsadlar reja qilindi.







