O‘zbekiston Xitoyning "Samarqand-2028" sun’iy yo‘ldoshini uchirishda ishtirok etadi
2025-12-02 14:10:00 / Yangiliklar

“O’zbekkosmos” agentligi va “STAR.VISION” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq Xitoy tomonidan fazoga uchirilishi rejalashtirilayotgan giperspektral sun’iy yo‘ldoshga “Samarqand-2028” nomi beriladi. Bu 2028–yil Samarqandda o‘tkaziladigan “Xalqaro astronavtika kongressi”ni ramziy ma’noda ifodalaydi.
Shuningdek, memorandumga ko'ra yerni masofaviy zondlashga moʻljallangan mazkur yoʻldosh uchun sunʼiy intellekt modulini “O’zbekkosmos” agentligi mutaxassislari ishlab chiqishadi. Yoʻldosh olgan suratlarni havo sifatini birlamchi baholash, qishloq xoʻjaligi ekinlari va oʻrmonlarni monitoring qilishda qoʻllash mumkin boʻladi.
“O‘zbekkosmos” agentligi Axborot xizmati
