2025-2026 o‘quv yili uchun “Jasorat maktablari”ga 1-bosqich qabul imtihonlari
2025-07-10 11:25:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 10 iyul kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Jasorat maktablari” uchun birinchi bosqich qabul imtihonlari tashkil etildi.
Ma’lumot o‘rnida: Davlatimiz rahbarining 2024 yil 15 noyabrdagi tegishli qaroriga asosan 208 ta (har bitta tuman (shahar) da bittadan) “Jasorat maktablari” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Imtihonlar 1 smenada, 13 ta hududda (Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun imtihonlar “Uzekspomarkaz”da) bo‘lib o‘tdi. Unda nomzodlar test sinovlarini topshirishdi.
Qabul imtihonlari 2 bosqichda bo‘lib o‘tadi va keyingi bosqichda o‘quvchilar jismoniy tayyorgarlikdan o‘tishadi.
“Jasorat maktablari”ga hujjatlar qabuli joriy yilning
1-20 iyun kunlari onlayn shaklda (ariza.piima.uz sayti orqali) amalga oshirildi. Unda jami 18 441 nafar nomzodning hujjatlari qabul qilindi (13 206 nafari o‘g‘il bolalar,
5 235 nafari qizlar).
Qabul jarayonlari davomida 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadigan shtab tashkil etildi.
Jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o‘tkazish uchun 1 664 nafar (har bir maktab uchun 8 nafardan kam bo‘lmagan) hakamlar hay’ati tarkibi shakllantirilib, barcha “Jasorat maktablari”ga yetkazildi.
2025-2026 o‘quv yilida ilk bor “Jasorat maktablari”ga ikki bosqichli saralash orqali 5 408 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu maktablarda matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi.
