Xorazmda ta’lim maskanlariga tashrif davom etmoqda
2024-02-26 15:10:00 / Yangiliklar

H.Umarovaning viloyatdagi navbatdagi tashriflaridan Xiva tumanidagi 120 o‘rinli 18-maktab va 1-sonli DMTT, Xiva shahrida 1972-yilda qurilgan 280 o‘rinli 8-sonli DMTTlar o‘rin oldi.
Vazir mazkur joylarda ta’lim-tarbiya jarayonlari, binolar holati, kadrlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Viloyatda 557 ta maktab faoliyat ko‘rsatmoqda, shulardan 438 tasida harbiy sinflar tashkil etilgan.
Vazir harbiy o‘qituvchilar bilan suhbat chog‘ida ularning faoliyati ham harbiylarnikidek mas’uliyatli va sharafli ekanligini e’tirof etdi.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Xorazm viloyatida 1 973 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shundan 366 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 95 ta davlat xususiy sherikchiligidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 7 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 1 505 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda.
3-7 yoshdagi bolalar soni 153 976 nafar bo‘lib, ularning 125 000 nafari (81.2 %) qamrab olingan. Shundan, 75 865 nafari (49,3%) davlat, 240 nafari (0,2%) xususiy, 10 418 nafari (6,8%) DXSH asosidagi, 38 477 nafari (25,0%) oilaviy MTT larga qatnaydi.
