Oksford bitiruvchisidan tavsiyalar — o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda
2025-05-29 15:20:00 / Yangiliklar
"Maktab maslahatchisining zamonaviy roli va funksiyalarini amalga oshirishning samarali uslublari” mavzusidagi seminarning 3-kuni bo‘lib o‘tmoqda.
Treninglar doirasida Yinghua Academy of Tianjin universiteti maslahatchisi Timothy Jervis va Oksford universiteti magistranti Mushtariy Madrahimova tomonidan mahorat mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Unda jahonning TOP universitetlarida o‘qish, buning uchun tayyorlash lozim bo'lgan portfolio hamda hujjatlar to‘plami, e'tibor qaratish lozim bo'lgan jihatlar haqida so‘z bordi.
Ekspertlar muloqot davomida o‘z tajribalari bilan bo‘lishishdi hamda ishtirokchilar bilan fikr almashishdi.
