59-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi: O'zbekiston terma jamoasi eng yaxshi 3 jamoadan biri bo‘ldi
2025-05-13 10:00:00 / Yangiliklar
5-13-may kunlari Braziliyada tashkil etilgan 59-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida dunyoning 40 davlatidan kelgan 192 nafar o‘quvchilar kuch sinashishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi yakuniy natijalarga ko‘ra 3 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medal sohibi bo‘lishdi.
O'quvchilarimizni xalqaro g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz!
Eslatma o‘tamiz, 2024-yilda Xitoyda bo‘lib o‘tgan 58-Xalqaro Mеndеlеyеv olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush, 4 ta bronza medaliga ega bo‘lgandi.
