Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Massachusetts texnologiya institutining MIT RAISE dasturi rahbari bilan uchrashdi
2025-04-28 14:00:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Massachusetts texnologiya institutining MIT RAISE dasturi global hamkorliklar rahbari Julia Reynolds bilan uchrashdi.
Muloqot avvalida vazir Hilola Umarova ikki tomonlama hamkorlik O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun strategik ahamiyatga egaligini va bunday hamkorlik mamlakatimiz yoshlarini xalqaro miqyosda raqobatbardosh etib tayyorlash imkoniyatini berishi haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuvda tomonlar "Raqamli avlod qizlari – 2025" tadbirida ishtirok etish, sun’iy intellekt, yashil iqtisodiyot va iqlim o‘zgarishi kabi dolzarb yo‘nalishlarda iqtidorli qizlarimizni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, MIT bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari, xususan "Sun’iy intellekt kuni" dasturini O‘zbekistondagi maktablarida joriy etish haqida fikr almashildi.
