Bugun onlayn olimpiada bahslarida 6-, 9-sinf o‘quvchilari qatnashadi
2024-01-05 15:00:00 / Yangiliklar

Bugun onlayn olimpiada bahslarida 6-, 9-sinf o‘quvchilari qatnashadi
Joriy yilning 3-yanvaridan boshlangan hamda maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan onlayn olimpiada bahslari davom etmoqda.
Belgilangan tartibga ko‘ra, bugun umumta’lim maktablarining 6-, 9-sinf o‘quvchilari tegishli fanlar doirasida ushbu bahslarda ishtirok etmoqda. Olimpiada jarayonlari soat 19:00 ga qadar davom etadi.
Onlayn olimpiada bahslari bilan batafsil olympiad.uzedu.uz manzilida tanishishingiz mumkin.
