"IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVI
2025-02-23 14:50:00 / Yangiliklar

"Ijod yoshlari" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 4-, 5-, 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:
➖tuman (shahar) bosqichi – joriy yilning mart oyida;
➖viloyat bosqichi – joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadi.
❗️“Ijod yoshlari” tanlovining asosiy maqsadi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 4-, 5-, 6-sinflarida ta’lim olayotgan yosh ijodkor o‘quvchilarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, nazm, nasr, badiiy publisistika, adabiyotshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha iste’dod va qiziqishlarini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
🟢Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf o‘quvchilari navbatdagi o‘quv yilidan ijod maktablariga belgilangan qabul parametrlari doirasida imtihonsiz qabul qilinadi.
🟢Shuningdek, 1-, 2-, 3-o‘rinlarga sazovor bo‘lgan 4-, 5-sinf o‘quvchilari kelgusi yilda mazkur tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
📆 Tanlovda qatnashish uchun joriy yilning 23-fevralidan 15-martiga qadar (shu kuni ham) ijodyoshlari.piima.uz onlayn platformasida ro‘yxatdan o‘tish lozim.