Surxondaryo pedagoglari "Alabuga" erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishmoqda
2025-02-11 14:45:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyatining bir guruh pedagoglaridan iborat delegatsiya aʼzolari ayni vaqtda Tatariston Respublikasidagi "Alabuga" erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
Oʻrganishlar davomida "Alabuga politex" taʼlim muassasasidagi oʻqish va amaliyot jarayonlari, maskanda oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirishdi. Shuningdek, bu yerda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik oʻquvchilar bilan muassasadagi taʼlim tizimi, yaratilgan sharoitlar, dual taʼlimning oʻziga xos jihatlari xususida suhbat olib borildi.
Delegatsiya aʼzolari, shuningdek oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitishda zamonaviy metodlar va texnologiyalardan foydalanishga doir oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan oʻquv seminarlarida ishtirok etadi.
