Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlarning bajarilishi toʻgʻrisida MAʼLUMOT (yanvar)
2026-02-04 17:30:00 / Hisobotlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari, hududlarga tashriflari hamda huzurlarida oʻtkazilgan yigʻilish bayonlari topshiriqlarini ijro holati har hafta juma kuni – vazirning birinchi oʻrinbosari huzurida, har hafta dushanba kuni – vazir huzurida, har oyda – vazirlik hayʼat majlislarida doimiy tanqidiy muhokama qilib borilmoqda.
Tahlillarga koʻra, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida oʻtgan besh yil davomida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ijrosi yuklatilgan topshiriqlarning soni keskin ortgan.
Jumladan, 2020-yilda 133 ta hujjatdagi 544 ta topshiriq yuklatilgan boʻlsa, 2025-yilda topshiriqlan soni 3 barobarga ortib 276 ta hujjatda belgilangan 1 483 ta topshiriq nazoratga olingan.
Maʼlumot uchun:
2020-yilda jami 133 ta hujjatda 544 ta topshiriq;
2021-yilda jami 202 ta hujjatda 951 ta topshiriq;
2022-yilda jami 157 ta hujjatda 715 ta topshiriq;
2023-yilda jami 166 ta hujjatda 1 725 ta topshiriq;
2024-yilda jami 185 ta hujjatda 1 047 ta topshiriq;
2025-yilda jami 276 ta hujjatda 1 483 ta topshiriq;
Ijro muddati 2025-yil OKTYABR oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 147 ta topshiriq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbarining 37 ta topshiriq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 46 ta topshiriqning ijrosi toʻliq taʼminlandi.
Ijro muddati 2025-yil NOYABR oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 152 ta topshiriq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbarining 18 ta topshiriq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 39 ta topshiriqning ijrosi (100 %) toʻliq taʼminlandi.
ijro muddati 2025-yil DEKABR oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 494 ta topshiriq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbarining 7 ta topshiriq, Prezident Administratsiyasi rahbarining rezalyutsalaridagi 54 ta topshiriq, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 68 ta topshiriqning ijrosi (100 %) toʻliq taʼminlandi.
Shuningdek, ijro muddati 2026-yil YANVAR oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 140 ta topshiriq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishlaridagi 1 ta topshiriq, Prezident Administratsiyasi rahbarining rezalyutsalaridagi 20 ta topshiriq, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 23 ta topshiriqning ijrosi (100 %) toʻliq taʼminlandi.
Tahliliy ma'lumot:
YUKLAB OLISH
