IZhO 2026: Terma jamoa a’zolaridan navbatdagi rekord natija
2026-01-15 15:45:00 / Yangiliklar

10-15-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida matematika, fizika va informatika fanlaridan 22-Xalqaro Jautikov olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 15 mamlakatidan 700 dan ortiq o‘quvchi ishtirok etgan ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi oʻz tarixidagi REKORD NATIJAGA erishdi:
🥇 3 ta oltin, 🥈8 ta kumush, 🥉9 ta bronza — jami 20 ta medal!
Ma’lumot uchun:
Xalqaro darajada o‘tkazilayotgan ushbu olimpiadada fizika fanidan Terma jamoamiz a’zosi Elbek Uroqov ILK OLTIN MEDALINI qoʻlga kiritdi.
Eslatma: O‘zbekiston terma jamoasi 2025-yilgi 21-Xalqaro Jautikov Olimpiadasida jami 19 ta medal qo‘lga kiritgan edi.
Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
