58-Xalqaro kimyo olimpiadasi (ICHO 2026) Boshqaruv va Ilmiy qoʻmitalarining qoʻshma yigʻilishi oʻtkazildi
2026-01-14 16:30:00 / Yangiliklar

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shomansur Sagdullayev, Buyuk Britaniya, AQSH, Shvesariya, Xitoy, Shvetsiya va qator xorijiy davlatlardan kelgan xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirok etdi.
➖ Uchrashuvda mazkur olimpiadani oʻtkazish uchun olib borilayotgan akademik tayyorgarlik ishlari, amaliy bosqich va laboratoriya jihozlari, olimpiadaning asosiy va madaniy dasturlari, jarayonlar oʻtadigan manzillar holati atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ilmiy tayyorgarlik doirasida xorijiy ekspertlar ishtirokida Mock imtihonlari oʻtkazildi.
Mazkur yigʻilish uchrashuvlari joriy yilning 18-yanvariga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Muloqotlar yakunida kun tartibidagi muhim masalalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Maʼlumot uchun: 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi joriy yilning 10-19-iyul kunlari ilk bor Oʻzbekistonda oʻtkazilishi belgilangan. Unda dunyodagi 90 dan ortiq davlatdan kelgan 350 nafarga yaqin iqtidorli oʻquvchilar ishtirok etadi.
