Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan qo’shma faoliyat
2026-01-13 10:45:00 / Yangiliklar

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda kadrlar tayyorlash, oʻqitish va rivojlantirish kompleks markazini qurish orqali maktabgacha taʼlim pedagog kadrlari malakasini oshirish” loyihasi doirasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Mazkur loyiha doirasida Janubiy Koreyaning Dong-Eui universiteti professor-o‘qituvchilari Farg’ona viloyati Quvasoy shahridagi 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelib tanishishdi.
Xorijiy mutaxassislar muassasadagi amaliy mashg‘ulotlar, jumladan o‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlari bilan tanishib, tarbiyalanuvchilarning faolligini ijobiy baholadilar.
Ushbu amaliy mashg'ulotlar 2025-yil sentyabrdan joriy etilgan “O‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya” jarayonining oraliq monitoring bosqichidir.
