"Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi doirasida fakultativ dars mashg‘ulotlariga start berildi
2026-01-12 16:30:00 / Yangiliklar

Darslar malakali xorijlik va mahalliy mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda. Unda o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida interaktiv mashg‘ulotlar va debatlar tashkil etiladi.
Jarayonlarda bitiruvchi sinf o‘quvchilari guruhlarga bo‘lingan holda qatnashishmoqda. Ushbu guruhlar 2025-yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan diagnostik test natijalariga ko‘ra shakllantirilgan.
➖ Bepul va intensiv tarzda o‘tkazilayotgan ushbu loyiha yakunida o‘quvchilar Milliy sertifikat sinovlarida qatnashishlari ko‘zda tutilmoqda.
