Vazir ishtirokida dolzarb masalaga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo’lib o’tdi
2025-12-24 18:00:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Karimova E’zozxon Gapirjonovna ishtirokida “Maktabgacha yoshdagi bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari” mavzusida savol-javob shaklida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Muloqot davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy mexanizmlari, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning amaliy samaralari hamda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuvda menejerlik kurslarida malaka oshirayotgan MTT direktorlari hamda direktorlikka nomzodlar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Bildirilgan savollarga vazir tomonidan batafsil javoblar berildi.
