O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi rivojlanib bormoqda
2025-12-11 15:00:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Xirata Kenji bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida vazir Eʼzoza Karimova janob Xirata Kenjini Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimiga qayta tayinlangani munosabati bilan samimiy tabriklab, yangi diplomatik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Muloqot davomida tomonlar bugungi kunda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida so‘nggi yillarda turli yo‘nalishlarda, xususan taʼlim sohasida hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani, qo‘shma dastur va loyihalar samaradorligi ortib borayotgani haqida fikr almashdi.
Shuningdek, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari haqida so‘z yuritishdi va o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga kelishib olishdi.
