Taʼlim jarayoniga yangi metodikalar joriy etiladi
2025-11-21 10:00:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashdi.
Muloqot davomida tomonlar birgalikdagi loyiha va istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritishdi.
Shuningdek, taʼlim jarayonlariga yangi metodikalarni joriy etish, pedagoglarni kasbiy rivojlantirish, maktabdan tashqari taʼlim va bolalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
