Taʼlim korrupsiyadan holi soha
2025-11-12 12:00:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyatida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida "Taʼlim — korrupsiyadan holi" mavzusida seminar o‘tkazilmoqda.
Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼullari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Adliya vazirligi vakillari, Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, tuman bo‘limlari boshliqlari, direktor va pedagoglar ishtirok etmoqda.
Taʼlim muassasalarda faoliyat yurituvchi 800 nafardan ortiq xodimlar markaziy studiyalardan, 2000 nafardan oshiq pedagoglar, soha masʼullari ZOOM platformasi orqali qatnashmoqda.
