Bo‘stonliqda yong‘inni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
2025-07-31 16:44:00 / Yangiliklar
Bugun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligining Chotqol o‘rmon bo‘limida taxminan soat 13:00 larda yong‘in kelib chiqqan.
Ayni vaqtda Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligining 60 nafar, Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ining 10 nafar hamda Bo‘stonliq FVBning 30 nafar xodimlari yong‘inga qarshi kurashishmoqda.
Shuningdek, Mudofaa vazirligining 2 dona vertolyoti yong‘inni bartaraf etishga ko‘maklashmoqda.
