Sinov natijalarining xalqaro tan olinishi yo‘lida muhim qadam
2026-06-23 11:00:00 / Yangiliklar

✅Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov tizim tashkilotlari tarkibidagi sinov laboratoriyalarining faoliyati bilan tanishdi.
Jarayonda laboratoriyalarning texnik imkoniyatlari, zamonaviy sinov uskunalari bilan jihozlanganlik darajasi, xalqaro standartlar asosida sinovlar o‘tkazish amaliyoti hamda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, laboratoriyalarning xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash va akkreditatsiya doirasini kengaytirish sinov natijalarining xorijiy mamlakatlarda ham tan olinishiga xizmat qiladi. Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratib, mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirishga zamin yaratadi.
Shuningdek, sinov laboratoriyalarida sifat menejmenti tizimlarini takomillashtirish, zamonaviy sinov metodikalarini keng joriy etish hamda xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Muhokamalar yakunida sinov infratuzilmasini yanada rivojlantirish, laboratoriyalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, xalqaro akkreditatsiya ko‘rsatkichlarini oshirish hamda ularni xalqaro darajadagi sinov markazlariga aylantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
✅Mazkur chora-tadbirlar mamlakatimizda sifat infratuzilmasini mustahkamlash, texnik jihatdan tartibga solish tizimini xalqaro talablarga uyg‘unlashtirish hamda milliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.





