Korzinka savdo tarmoqlaridagi 2500 dan ortiq elektron tarozilar metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmoqda
2026-06-16 12:00:00 / Yangiliklar

✅ Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, savdo jarayonlarida o‘lchashlar birliligini ta’minlash hamda o‘lchash vositalarining aniqligini nazorat qilish maqsadida O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti va “ANGLESEY FOOD” MChJ o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur hamkorlik doirasida institut mutaxassislari tomonidan respublika bo‘ylab faoliyat yuritayotgan Korzinka savdo tarmoqlarida foydalanilayotgan 2500 dan ortiq elektron tarozilar metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
✅ Tekshiruvlar OIML R76-1:2011 xalqaro tavsiyasi talablariga muvofiq ravishda amalga oshirilib, o‘lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi hamda belgilangan metrologik talablarga muvofiqligi baholanmoqda.
Ushbu jarayon savdo amaliyotlarida shaffoflikni ta’minlash, iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mahsulotlarni tortish jarayonlarida aniq va ishonchli natijalarga erishishga xizmat qiladi.
Metrologik tekshiruvlar natijasida o‘lchash vositalarining belgilangan talablarga muvofiqligi ta’minlanib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda savdo sohasida o‘lchashlarning ishonchliligini mustahkamlashga hissa qo‘shadi.



