Metallurgiya sohasida texnik tartibga solish va xalqaro standartlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi
2026-06-05 11:00:00 / Yangiliklar

🎚 Auno damda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan metallurgiya sanoati sohasida faoliyat yurituvchi davlat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etilmoqda. Tadbirda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro standartlarni joriy etish, mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlash hamda eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.
🎚 Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–25-son Farmoni doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, mazkur hujjat xalqaro standartlar asosida muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya jarayonlarini soddalashtirish va sohada raqobat muhitini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, bugungi kunda metallurgiya sohasiga oid 1 396 ta standartdan 624 tasi xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, 2026–2028-yillarda qo‘shimcha 450 ta xalqaro standartni qabul qilish rejalashtirilgan.
🎚 Tadbirda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun zarur bo‘lgan xalqaro sertifikatlarni olish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash hamda sohada raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.


