Milliy sifat infratuzilmasini takomillashtirish yo‘lida muhim muloqot
2026-06-02 11:00:00 / Yangiliklar

✅O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Germaniya Federal fizika-texnika instituti — PTB loyiha koordinatori Nadin Tatge hamda xalqaro ekspert Dr. Clemens Sanetra bilan uchrashuv o‘tkazdi.
✅Muloqot davomida “Milliy sifat infratuzilmasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
✅Tomonlar sifat infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlar rejasi, texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirishga oid takliflar, mutaxassislar malakasini oshirish, mahalliy sanoat korxonalari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda jarayonlarni integratsiya qilish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
✅Shuningdek, noyabr oyida nishonlanadigan Butunjahon sifat kuni doirasida Sifat haftaligini tashkil etish tashabbusi muhokama qilindi. Qayd etilganidek, mazkur tadbirlar aholining iste’mol madaniyatini yuksaltirish, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek, sifat infratuzilmasining jamiyat va iqtisodiyotdagi ahamiyatini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.



