Mebel sanoati tadbirkorlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda
2026-05-26 11:00:00 / Yangiliklar

✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan “Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash klubi” doirasida mebel sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — sohadagi mavjud muammo va takliflarni o‘rganish, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda texnik jihatdan tartibga solish tizimida yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berishdan iborat.
✅ Tadbir davomida Prezidentning PF–25-son Farmoni asosida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, eksport uchun xorijiy standartlar asosida muvofiqlikni baholash, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, akkreditatsiya jarayonlarini soddalashtirish va raqamli xizmatlarni joriy etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tilmoqda.
✅ Shuningdek, STQ 2 “Mebelsozlik” texnik qo‘mitasi faoliyati, mebel sohasida xalqaro standartlarni joriy etish, “Conformity Uzbekistan” milliy muvofiqlik belgisi tizimi hamda TRIS platformasining imkoniyatlari haqida ma’lumot berilmoqda.
✅ Tadbirda mebel sanoatining eksport salohiyatini oshirish, xalqaro menejment tizimlarini joriy etish va Yevropa bozorlariga chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilinmoqda.




