Xalqaro muhandislik ta’limi va sanoat integratsiyasi muhokama qilindi
2026-05-26 10:10:00 / Yangiliklar

🤔 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🤔 Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, Vasiylik kengashi raisi Qo‘ng‘irotboy Sharipov, universitet rahbariyati, tarmoq korxonalari va sanoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, Vasiylik kengashi a’zolari sifatida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mas’ul xodimlari ham qatnashdi.
🤔 Yig‘ilish davomida filial faoliyatini samarali tashkil etish va uni izchil rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, muhandislik ta’limini xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yish, sanoat tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
🤔 Shuningdek, 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul parametrlarini belgilash, laboratoriya va o‘quv xonalarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, xalqaro ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy vazifalar belgilandi.
🤔 Yig‘ilishda universitetda metrologiya va standartlashtirish yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash, sohani malakali mutaxassislar bilan ta’minlash hamda ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
🤔 Tadbir yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, filial faoliyatini tizimli rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.






