Jizzaxda tadbirkorlar va talabalar uchun sayyor qabul tashkil etildi
2026-05-25 11:05:00 / Yangiliklar

🔵 Jizzax politexnika instituti binosida Texnik tartibga solish agentligi tomonidan 20 dan ortiq mahalliy tadbirkorlik subyektlari hamda institut talaba-yoshlari ishtirokida sayyor qabul tashkil qilindi. Tadbir Agentlik direktor o‘rinbosari T. Mashanpin boshchiligida o‘tkazildi.
🔴 Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmonida belgilangan islohotlar va vazifalar, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🟢 Shuningdek, Standartlar instituti faoliyati yuzasidan tushunchalar berilib, Jizzax politexnika instituti tomonidan ilgari surilgan takliflar asosida 20 ga yaqin ishlab chiqaruvchilar hamda institutning malakali xodimlarini qurilish mahsulotlarini sinash yo‘nalishida malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🟡 Mazkur o‘quv kurslari tadbirkorlik subyektlarining bilim va malakasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ular doirasida ishtirokchilar yangilanib borayotgan ilmiy-texnik, iqtisodiy hamda huquqiy ma’lumotlar bilan tanishtiriladi. Shu bilan birga, qurilish mahsulotlarini xalqaro standartlar asosida sinash va uning afzalliklari bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.




