Standartlashtirish sohasida institutsional islohotlar muhokama qilindi
2026-05-22 10:00:00 / Yangiliklar

✅O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligida Jahon bankining “Institutsional salohiyatni rivojlantirish” grant loyihasi doirasida standartlashtirish sohasidagi xalqaro ekspert, Buyuk Britaniyalik Glen Bosman ishtirokida amaliy uchrashuv o‘tkazildi.
✅Uchrashuv davomida mamlakatda standartlashtirish sohasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, sohadagi institutsional islohotlarni jadallashtirish hamda milliy standartlashtirish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston standartlar instituti faoliyatini tubdan isloh qilish, uning samaradorligini oshirish, mahalliy texnik qo‘mitalar faoliyatini kengaytirish va ularning xalqaro standartlashtirish tashkilotlari — ISO hamda IEC faoliyatidagi ishtirokini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Muloqotda xalqaro tajribalarni milliy amaliyotga joriy etish, standartlashtirish sohasidagi boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish va sohaning institutsional salohiyatini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Uchrashuv yakunida tomonlar “Institutsional salohiyatni rivojlantirish” grant loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich va samarali amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.



