O‘rta koridor istiqbollari: Markaziy Osiyo va Ozarbayjon nuqtayi nazari
2025-07-22 09:30:00 / Yangiliklar
Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi, "Ma’no" tadqiqot tashabbuslari markazi, PeaceNexus Fondi va xorijiy ekspertlar tomonidan “O‘rta koridor istiqbollari: Markaziy Osiyo va Ozarbayjon nuqtayi Nazari” nomli tahliliy hisobot tayyorlandi.
Ushbu tahliliy hisobot "Geosiyosiy beqarorlik sharoitida muqobil xalqaro transport yo‘laklarini shakllantirish va O‘rta yo‘lakni rivojlantirish" loyihasi doirasida tayyorlangan.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan 2023-yil oktabr oyida boshlangan bo‘lib, Qozog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, Qirg‘iziston Respublikasi Transport va aloqa vazirligi, Tojikiston Respublikasi Transport vazirligi, Ozarbayjon Respublikasi Raqamli rivojlanish va transport vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
