Hunnu Air Ulan-Batordan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovlarni boshlaydi
2025-06-23 14:00:00 / Yangiliklar
Tadbir doirasida Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Mo‘g‘ulistonning “Hunnu Air” aviakompaniyasi rahbari Purevjav Munxjargal bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar Ulan-Bator shahridan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.
Xususan, muzokara davomida “Hunnu Air” aviakompaniyasiga kerakli slotlar ajratilishi masalasiga aniqlik kiritildi hamda tranzit yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish mexanizmi va tartibini muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid kelishuvlarga erishdi.
Tegishli kelishuvga muvofiq “Hunnu Air” aviakompaniyasi joriy yil sentyabr oyida Ulan-Batordan Toshkentga ilk parvozni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
