Xitoy Eksimbanki raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-06-20 16:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda bank moliyaviy ko‘magida mamlakatimiz transport infratuzilmasini rivojlantirish, harakat tarkiblarini yangilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, Toshkent – Samarqand, Toshkent – Andijon pulli avtomobil yo‘llari, “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi tashish temir yo‘lini qurish loyihalari hamda Toshkent shahri va hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida zamonaviy avtobuslarni xarid qilish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.
Tomonlar "O‘zsanoatqurilishbank" va XXR Eksimbanki o‘rtasida 200 ta elektrobus sotib olish bo‘yicha qarz shartnomasini kelishish va imzolashni tezlashtirish masalasini, shuningdek, qo‘shimcha 1000 ta avtobus sotib olish bo‘yicha istiqbolli loyihani muhokama etishdi.

